Kegeylidagi maktabga qo‘shimcha bino qurilib, foydalanishga topshirildi
So‘nggi yillarda yurtimizda ta'lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, bu borada ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarning sifatli ta'lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli choralar amalga oshirilmoqda.
Bu boradagi ishlarning amaliy ko‘rinishlaridan biri sifatida Kegeyli tumanidagi 55-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinfi bor umumiy o‘rta ta'lim maktabiga umumiy qiymati 5,2 milliard so‘mlik, 320 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha maktab binosi qurildi va bugun Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirildi.
Bu yangi imkoniyatlar farzandlarimizga ta'lim olishda zamonaviy sharoitlar yaratish, ularning bilim va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi.