Yoshlar - davlatimiz e’tiborida!
318


Mamlakatimizda boquvchisini yo‘qotgan, ota-ona qaramog'idan mahrum bo‘lgan bolalarga alohida e’tibor qaratilib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan 2021 yil 9 avgust kuni qabul qilingan 5216-sonli qarori yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib sharoit yaratish borasidagi muhim chora-tadbirlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu qarorga muvofiq, Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami arafasida bugun Kegeyli tumanida 2 nafar yoshga yangi uylarning kaliti topshirildi.
Bunday ezgu tashabbuslar yurtimizda har bir inson, ayniqsa, yoshlar e’tiborda ekanining yaqqol ifodasidir.