Nukus tumanida yangi korxona ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi arafasida «Taqыrkөl» ovul fuqarolar yig'ini hududida «BEKMURAD NUKUS TR» mas’uliyati cheklangan jamiyatining yangi ozuqa (granula) ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi.
Ochilish marosimida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi A.Jumanazarov, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori Sh.Aminov, tuman hokimi Z.Zaytov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Umumiy qiymati 600 ming AQSh dollari bo‘lgan korxonaga chet eldan 480 ming AQSh dollari bo‘lgan, bedani qayta ishlash orqali chorva mollari uchun ozuqa (granula) tayyorlaydigan zamonaviy asbob-uskunalar keltirildi. Shu bilan birga korxonada laboratoriya tashkil etilib, unda Frantsiya davlatidan ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega «Spectra star» nomli asbob-uskuna keltirildi.
Ushbu loyiha ishga tushirilishi orqali chorva mollari uchun soatiga 2 tonnagacha sifatli va to‘yimli oziqa mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati yaratilib, nafaqat mahalliy chorvachilik tarmog'ini ozuqa bilan ta'minlash, balki eksport salohiyatini oshirishda ham muhim qadam bo‘ladi.
Korxona o‘z mahsulotlarini ichki bozordan tashqari talab yuqori bo‘lgan mamlakatlarga, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklariga eksport qilishni rejalashtirgan. Bu esa tashqi bozorlarga chiqish, valyuta tushumini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tumanning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.