Taxiatosh tumani elektr ta'minoti korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi
118
Bugun Taxiatosh tumanida tuman elektr ta'minoti korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi A.Atajanov so‘zga chiqib, eng ulug' ayyomlardan biri mustaqillik bayrami arafasida yangi bino va xizmat avtomashinasi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan yig'ilganlarni tabrikladi.
Ta'kidlash joizki, hurmatli Prezidentimizning 2020 yil 23 noyabrdagi qarori bilan 3,7 mlrd. so‘m mablag' ajratilib, uning qurilishida energiya tejamkor texnologiyalardan keng foydalanildi.