O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi keng turda nishonlandi
Poytaxtimiz Nukus shahridagi markaziy Amfiteatrda yurtimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag'ishlangan «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» g'oyasi ostida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, xalqimizni eng ulug', eng muqaddas ayyom – yurtimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi bayrami bilan qizg'in tabrikladi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining deputatlari, hukumat a'zolari, vazirlik va tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Ta'kidlanganidek, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida barcha hududlar qatori Qoraqalpog'istonda ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog'iston uchun alohida qabul qilingan bir qator muhim farmon va qarorlari xalqimizga munosib turmush sharoitini yaratishga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuning bilan birga yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlik, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda qator investitsion loyihalar amalga oshirildi. Buning natijasida xalqimiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratilib, qator yirik ishlab chiqarish korxonalari, ko‘plab ijtimoiy ob’ektlar ishga tushirildi.
Joriy yilning o‘zida barcha sohalarda ham yuqori natijalarga erishilib, xalqimizning farovon hayotini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar keng turda davom ettirilmoqda.
Bayram tantanasida O‘zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari madhiyalari ijro etildi.
Tantanali bayram tadbiri kontsert dasturi bilan davom etdi. Dasturdan joy olgan san’at ustalari va yosh iqtidor egalari ijrosidagi Vatan, do‘stlik, tinchlik va totuvlik, yoshlik haqidagi qo‘shiqlar va raqslar yig'ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag'ishladi.