Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Nukus shahridagi 7-sonli maktab o‘quvchilarini yangi o‘quv yili bilan tabrikladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Nukus shahridagi 7-sonli maktabda bilim olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashib, ularga yangi o‘quv yilida yuksak marralar tiladi.
Shu bilan birga, yurtimizda so‘nggi yillarda barcha sohalar qatorida ta’lim sohasida ham olib borilayotgan islohotlar, yoshlarning chuqur bilim olishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida keng ta’kidlab o‘tdi.
Bundan keyin maktabda bilim berayotgan o‘qituvchilar bilan muloqot qilindi. Ularga minnatdorchilik bildirilib, yurtimiz yoshlari orasidan yuqori natijalarga erishadigan yoshlar yanada ko‘plab yetishib chiqishi alohida tilga olindi.
O‘tkazilgan tadbirda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi.
Bundan so‘ng, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda va ularga ta’lim berishda samarali mehnat qilayotgan bir qator ustoz-pedagoglarga Jo‘qorg‘i Kengesning ko‘krak nishonlari topshirildi.
Tadbir davomida 1-sinfga qadam qo‘yayotgan o‘quvchilarga «Prezident sovg‘alari» topshirildi.