Eshkakchilarimiz Xitoy davlatida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi
108
Xitoy davlatida sportning Akademik eshkak eshish sport turi bo‘yicha U-19 va U-23 yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan sportchilarimiz Aydana Smettulayeva qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni egallab, oltin medal, Nurila Abdualiyeva esa, faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medali sohibiga aylandi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa Babur Xaytbayev 2-o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.