Qoraqalpoq davlat universiteti Chimboy fakultetining talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
Bugun, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Chimboy fakultetining to‘liq qayta ta'mirlanib, foydalanishga topshirilayotgan talabalar turar joyining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Apparat rahbari J.Idiyatullaev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi va bino foydalanishga topshirilishi munosabati bilan yig'ilganlarni tabrikladi.
Tadbirda Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari B.Өtemuratov, universitet rektori, akademik A.Reymov, Chimboy tumani hokimi A.Tajetdinov hamda universitet jamoasi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ta'kidlanganidek mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib ta'lim olishi va har tomonlama etuk inson bo‘lib shakllanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. 4,2 mlrd. so‘m mablag' asosida 150 o‘rinli talabalar turar joyida kapital ta'mirlash ishlari olib borilib, talaba yoshlar uchun barcha qulay imkoniyatlarning yaratilishi mana shu boradagi ezgu ishlardan biri hisoblanadi.