To‘rtko‘l tumanida yangi maktab foydalanishga topshirildi
Hurmatli Prezidentimizning «2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g'risida»gi 404-sonli qarori qabul qilinib, qaror bo‘yicha «Ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish» dasturi qabul qilingan edi. Shu asosda respublikamizdagi bir qator ijtimoiy ob’ektlarda qurilish-ta'mirlash ishlarini olib borish belgilangan.
Qaror bilan To‘rtko‘l tumani «Shodlik» mahalla fuqarolar yig'ini hududida yangi 73-sonli maktabning 792 o‘rinli binosi va sport zalini qurish uchun 18,2 mlrd. so‘m mablag' ajratilib, qurilish ishlari yakuniga etkazildi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi bayrami keng nishonlanayotgan paytda yangi maktab foydalanishga topshirildi.