Nukus shahrida 25 ta mahalla binosi foydalanishga topshirildi
Mahalla - bu xalqimiz hayoti, urf-odat va qadriyatlarining ko‘zgusidir. Shu bois, bugungi kunda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida aholining turmush tarzini yaxshilash, bunda fuqarolar bilan bevosita ishlaydigan mahalla institutini takomillashtirish, uning tizimli ish olib borishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shunday ezgu ishlarning davomi sifatida hurmatli Prezidentimizning mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha 408-sonli qarori asosida Nukus shahrida 25 ta mahalla fuqarolar yig'inlarining binolari yangidan qurildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayramida ushbu yangi mahalla binolari foydalanishga topshirildi.
Albatta, yangi binolar foydalanishga topshirilishi ushbu hududlar aholisining farovon hayotini ta'minlashga xizmat qiladi.
