Ellikqal’a tumanida yangi maktab foydalanishga topshirildi
Hurmatli Prezidentimizning «Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot fondi ishtirokida «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Ellikqal’a tumani «Cho‘pon» mahallasida 74-sonli umumta’lim maktabining umumiy qiymati 8,2 mlrd. so‘m bo‘lgan 220 o‘rinli yangi qurilgan binosi foydalanishga topshirildi.
Umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan mazkur loyiha - kelajak avlod tarbiyasiga qaratilgan e’tibor namunasidir. Mamlakatimiz mustaqilligi keng nishonlanayotgan bir paytda maktabning foydalanishga topshirilishi esa tuman aholisi uchun chin ma’noda bayram sovg‘asi bo‘ldi.