Беруний туманида 330 ўринли янги мактаб фойдаланишга топширилди
97
Investitsiya dasturi doirasida Beruniy tumani "Bo‘ston" mahallasi Yoshlik aholi punktida yangi maktab qurilib, bugun ilmga chanqoq o‘quvchilarni o‘z dargohiga qabul qildi.
Dastur doirasida 10,2 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi bino, sport zal, jihozlangan kasbga tayyorlash xonalari va oshxona qurildi.
Ilgari 8 km uzoqlikdagi maktabga qatnaydigan hudud aholisining farzandlari endi o‘z uylariga yaqin joydagi zamonaviy maktabda yangi o‘quv yilini boshladi.