«Janadarya» ovulida yangi sport zali foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 454-sonli qaroriga asosan, Taxtako‘pir tumanida ijtimoiy soha infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumandagi «Jaңadәrya» OFY hududidagi 19-sonli umumta’lim maktabi yonida 1,7 mlrd. so‘m mablag‘ asosida zamonaviy, barcha talablarga javob beradigan 12x24 o‘lchamdagi yopiq sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi.
Sport zalining foydalanishga topshirilishi maktab o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini yuqori sifatda o‘tkazish, sport to‘garaklari faoliyatini kengaytirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.