Nukus shahrida Sanoat Texnoparkini qurishning konsepsiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov «Ostim» kompaniyalari guruhi boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari, bosh direktor Adem Ariji va «Ostim Global» o‘zbek-turk sanoat klasteri boshqaruv direksiyasi ijrochi direktori Jamshid Xidoyatov bilan uchrashdi.
Unda Nukus shahrida Sanoat Texnoparkini barpo etish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, hududning sanoat salohiyatini oshirish, innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlash joizki, hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan 10-sonli Farmoniga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot fondining 40 mln. dollar foizsiz kredit mablag‘lari hisobidan Nukus shahrida sanoat texnoparkini tashkil etish uchun ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino va inshootlarni qurish, shuningdek, ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmog‘iga ulash ishlari olib borilishi belgilangan.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida tijorat taklifi va shartnoma shartlari kelishib olindi.