Kegeyli tumani «Gujim terek» mahallasida yangi maktab qurib bitkazildi
108
Yurtimizda barcha sohalar qatori ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, bolalarning sifatli ta’lim olishi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Hurmatli Prezidentimizning 404-sonli qarori bilan «Ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish» dasturiga asosan respublikamizda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi.
Xususan, Kegeyli tumani «Gujim terek» MFY hududida 13,5 mlrd. so‘m mablag‘ asosida yangidan 330 o‘rinli maktab binosi qurildi va foydalanishga topshirildi.