Nukus - Chimboy avtomobil yo‘lida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda
164
Hurmatli Prezidentimizning "Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida"gi 248-sonli qaroriga muvofiq, Nukus shahridan Taxtako‘pir tumaniga olib boruvchi D234 "Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir" avtomobil yo‘lining 59 kilometrlik qismini ta’mirlash uchun 15 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan edi.
Mazkur qaror ijrosi doirasida bugungi kunda bosqichma-bosqich asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.