Qoraqalpog‘istonda Nukus-2 loyihasi doirasida 200 MVt quvvatga ega shamol stansiyasi quriladi
Osiyo Taraqqiyot banki va ACWA Power o‘rtasida Qoraqalpog‘istonda 200 MVt quvvatga ega shamol stansiyasi va Markaziy Osiyodagi birinchi akkumulyator energiyasini saqlash tizimini o‘z ichiga oluvchi Nukus-2 loyihasi bo‘yicha 51 mln dollarlik shartnoma imzolandi.
Markaziy Osiyodagi birinchi akkumulyator energiyasini saqlash tizimini o‘z ichiga oluvchi Nukus-2 loyihasi mamlakatni yiliga 727 000 MVt/s ortiq toza energiya bilan ta’minlaydi.
Loyiha mamlakatni yiliga 727 000 MVt/s ortiq toza energiya bilan ta’minlab, CO₂ chiqindilarini kamaytiradi va 200 dan ortiq ish o‘rnini yaratadi.
Ushbu loyiha O‘zbekistonning kam uglerodli energiya kelajagiga o‘tish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib hisoblanadi. Loyiha shamol energiyasini akkumulyator asosida energiyani saqlash tizimi bilan birlashtirar ekan, elektr tarmog‘ining barqarorligi va energiya ta’minotining ishonchliligini oshiradi va mamlakatning 2030-yilgacha elektr energiyasini ishlab chiqarish tizimida qayta tiklanadigan energiya ulushining 54% etkazish maqsadini qo‘llab-quvvatlaydi.