O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda islohotlar samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi munosib hissasi, o‘quvchi yoshlarga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki, shuningdek, yurtimizda ta’limga oid investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan:
Orazimbetova Guldarixa Kdirbayevna – Qorao‘zak tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi;
«Do‘stlik» ordeni bilan:
Qalbayeva Naubahar Perdebayevna - Nukus tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;
«Shuhrat» medali bilan:
Jalelov Ilxam Klishbayevich - Qonliko‘l tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi;
Orazbayev Jurabek Ibadullayevich - Ellikqal’a tumanidagi «Sarabiy» o‘quv markazi rahbari;
Sarsenbayeva Uldaulet Ansatbay qizi - Bo‘zatov tumanidagi 20-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi;
Yavidov Bahram Yangibayevich - Nukus davlat pedagogika institutining fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi professori.