Qilichbozlarimiz Osiyo kubogida terma jamoamiz hisobiga 5 oltin medalni yozib qo‘ydi
116
Toshkent shahrida qilichbozlikning sablya, shpaga va rapira turlaridan U-17 yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Osiyo kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida bir qator sportchilarimiz ham ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.
Xususan, qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda Nargiza Utebayeva va Nurxayat Qalniyazovalar barcha raqiblaridan ustun kelib, to‘liq g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘g‘il bolalar orasida Artur Begjanov, Alisher Kabulov va Qoblan Kamalovlar ham 1-o‘rinni egallab, oltin medallarni jamoamiz hisobiga yozib qo‘ydi.