To‘rtko‘l tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev To‘rtko‘l tumanida respublika idora-tashkilotlari, tuman faollari ishtirokida majlis o‘tkazdi.
Unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi berilgan topshiriqlar bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining ijrosi, shuningdek, avvalgi majlis davrida berilgan topshiriqlarning bajarilishi masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, tumanni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur asosida bir qator vazifalar belgilab berilgan. Lekin, ayrim joylarda mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayapti.
Xususan, mahallalardagi ishlarning amalda bajarilishi, obodonlashtirish, fuqarolar bandligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarning talab darajasida emasligi tanqid qilindi. Mas’ullar ogohlantirilib, ayrimlariga intizomiy jazo chorasi qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O‘tkazilgan majlis davomida tez fursatda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanib, aniq vazifalar ta’kidlandi va o‘z ishini bajarishga sovuqqonlik bilan qarayotgan mas’ullarga intizomiy jazo chorasini qo‘llash, zarur bo‘lsa lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.