Prezident: Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta'lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir
19
O‘tgan sakkiz yilda ta'lim va ilm-fanga xarajatlar 6 karra oshirilib, 378 trillion so‘m mablag' ajratildi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz O‘zbekiston tarixida ilk bor 50 milliard dollarlik marradan oshdi.
–Iqtisodiyotimiz barqaror o‘syapti, resurs va zaxiralarimiz ham etarli.
Bu – bog'cha, maktab, texnikum va oliygohlar qurish, ta'lim va ilm dargohlarini zamonaviy jihozlash, ustoz va murabbiylarning moddiy manfaatdorligini muntazam oshirib borishning kafolati emasmi?!
Bir so‘z bilan aytganda, ta'lim sifatini oshirish hamda ustoz va murabbiylarning mehnat va yashash sharoitini yaxshilash islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.
Zero, Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta'lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir!, – dedi Prezident.