Shu oydan bog'cha mudiralari ham maktab direktori o‘rinbosari bilan bir xil oylik oladigan bo‘ldi
Islohotlarning ilk bosqichidayoq maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi.
2017 yilda 4 mingdan ortiq mahallada birorta ham bog'cha yo‘q edi, qamrov 27 foizdan oshmasdi. Bugungi kunda bog'chalar soni 38 mingdan, qamrovi esa 78 foizdan oshdi.
Yaqinda ta'lim sohasida e’lon qilingan yangi imtiyoz va imkoniyatlar hisobiga bog'cha kirib bormagan birorta mahalla qolmasligi, qamrov ham 80 foizdan kam bo‘lmasligi ta'kidlandi.
Bog'chada tarbiyachilar maoshi maktab o‘qituvchilariga tenglashtirildi. Shu oydan bog'cha mudiralari ham maktab direktori o‘rinbosari bilan bir xil oylik oladigan bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, bog'chadagi rahbar va pedagoglar oyligi qariyb 2 karra oshdi.
Endilikda xususiy bog'chalardagi tarbiyachilar oyligi va bola xarajatining bir qismi ham byudjetdan qoplab beriladigan tizim joriy etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazmoqda.