Qoraqalpog'istonlik yoshlar uchun yangilik: bu yil ham qo‘shimcha 10 ming kvota ajratildi
Hurmatli Prezidentimizning g'amxo‘rligi va e’tibori natijasida qoraqalpog'istonlik yoshlarga qator imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Shular qatorida 2022 yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmoni bilan har yili Qoraqalpog'iston Respublikasida doimiy yashovchi hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvotalar ajratilib kelinmoqda.
Joriy yilda ham respublikamizning shahar va tumanlari uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar sonidan va kadrlarning ichki zaruriyatidan kelib chiqib, 10 ming qo‘shimcha kvota ajratildi. Bunda viloyatlardagi oliy ta'lim muassasalarini tanlagan abiturientlar uchun qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida 7 ming kvota berilgan bo‘lsa, Qoraqalpog'iston Respublikasidagi oliy ta'lim muassasalari uchun 2 ming kvota, Toshkent shahridagi oliygohlar uchun 1000 kvota to‘lov-kontrakt asosida ajratildi.
Albatta, qo‘shimcha kvotalarning ajratilishi bu respublikamiz uchun zarur bo‘lgan yuqori bilimga ega mutaxassis kadrlarni tayyorlashda ahamiyatli bo‘lib, bu o‘z navbatida hurmatli Prezidentimizning qoraqalpog'istonlik yoshlar uchun alohida yaratib bergan imkoniyatlarining yana bir ko‘rinishi bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz.