Amudaryoda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi
Bugun Amudaryo tumanida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda respublika va tuman miqyosidagi rahbarlar, fidoyi mehnat faxriylari, tumanning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan tajribali insonlar, shuningdek, yangi avlod vakillari bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.
Mehmonlar tantanali ravishda kutib olindi. Tadbir doirasida hunarmandlarimizning betakror qo‘l mehnati mahsulotlari, tadbirkorlarning ishlab chiqargan turfa xil mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirni ochib bergan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov o‘z nutqida uch avlod uchrashuvining ijtimoiy-ma'naviy hayotimizdagi o‘rni, yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
Tadbir respublika va tuman miqyosidagi madaniyat va san’at vakillarining bir-biridan ajoyib kuy-qo‘shiqlari hamda rang-barang raqslari bilan davom etdi.