«O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Nukus shahridagi Qoraqalpog'iston san’at saroyida «1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev yig'ilganlarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
Ta'kidlanganidek, hurmatli Prezidentimiz rahbarligidagi islohotlar natijasida ta'lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha juda katta natijalarga erishilmoqda. Ushbu ezgu ishlarning davomi sifatida barcha ta'lim va tarbiya maskanlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda.
Xususan, joriy yilda barcha dasturlar asosida jami 356 mlrd. so‘mlik mablag' hisobidan 35 maktabda va 36 bog'chada qurilish-rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning o‘zida oliy o‘quv yurtlarida umumiy qiymati 145 mlrd. so‘mlik 2150 o‘rinli 5 ta yotoqxona foydalanishga topshirildi, 3 ta maktabda xalqaro "Kembrij" o‘quv dasturi joriy etildi. Qoraqalpog'istonlik yoshlarni oliy ta'limga qamrab olish bo‘yicha o‘tgan uch yilda 20 ming, joriy yilda esa qo‘shimcha 10 ming 750 kvota berilgani ko‘ngillarni alohida faxr-iftixor tuyg'ulariga to‘ldirmoqda.
Bugungi o‘tkazilgan tadbirda ana shunday ezgu ishlar haqida keng so‘z yuritildi.
Bundan so‘ng Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Prezidiumi qarori bilan bir guruh soha fidoyilariga faxriy unvonlar, ko‘krak nishonlari va rag'batlantiruvchi mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tantanasi san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi kontsert dasturi bilan davom etdi.