O‘qituvchi va ustozlarga tabrik
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Avvalo, siz azizlarni, ta'lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Ulug' ayyomda siz, zahmatkash ustozlarga qalbimizda, yuragimizda bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni tilab qolamiz.
Sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga bezavol etkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan ulug' insonlarsiz.
Aziz yurtdoshlar!
So‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida ilm-fan va ta'lim-tarbiya sohasini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirishga qaratilgan, oilada farzand tug'ilganidan boshlab voyaga etguniga qadar uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratilmoqda.
Mamlakatimizda yangi turdagi va yangi sifat bosqichidagi ta'lim maskanlari, xususan, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, oliy ta'lim sohasida ham dadil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Yurtimizda o‘qituvchi va murabbiylarning qadr-qimmati, obro‘-e’tibori va sha'nini yuksaltirish, mashaqqatli va sharafli mehnatini moddiy va ma'naviy rag'batlantirish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Siz, azizlarni qutlug' bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, ezgu ishlaringizda ulkan yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilab qolamiz.
Amanbay Orыnbaev
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi