HealthTech AI Hackathon Nukus shahrida start oldi
Bugun Nukus shahrida «HealthTech Hackathon» sinov bosqichi start oldi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov ishtirok etdi va so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Ta'kidlash joizki, ushbu tadbir mamlakatdagi umummilliy sun’iy intellekt xakaton loyihasining ilk bosqichi hisoblanadi.
AI Hackathon loyihasi 2025 yil oktyabrdan 2026 yil dekabriga qadar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va unda 5 mingdan ortiq ishtirokchi ishtirok etib, sog'liqni saqlash, ta'lim, sud tizimi, suv xo‘jaligi va tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha innovatsion echimlarni ishlab chiqishlari kutilmoqda.
Nukusda o‘tkazilayotgan “HealthTech Hackathon”ning asosiy maqsadi — tibbiyot sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishdir. Loyiha mamlakatimiz tibbiyot hamjamiyati va IT-mutaxassislarini bir maydonga to‘plab, raqamli sog'liqni saqlash yo‘nalishida yangi echimlar yaratish uchun samarali milliy platforma shakllantirishni ko‘zlaydi.
Tadbir IT va tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari, yosh shifokorlar, IT mutaxassislari va tibbiyot muassasalari vakillari ishtirokida davom etmoqda.