Institutda maktablarning informatika fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazilmoqda
2 oktyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida respublikamizdagi umumta'lim maktablarining informatika fani o‘qituvchilari uchun “Zamonaviy informatika ta'limida innovatsiyalar: sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, ilova yaratish va samarali dars o‘qitish” mavzusida seminar-trening boshlandi.
Informatika fani o‘qituvchilarini zamonaviy raqamli tendentsiyalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan seminar-treningning dastlabki kunida Nukus shahri va Beruniy tumani maktablari o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov, Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari B.Otemuratov, O‘zbekistondagi etakchi IT mutaxassisi va fintex innovatori U.Ziyamova ishtirok etib, hozirgi vaqtda axborot texnologiyalarining rivojlanish tendentsiyalari va hayotimizdagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.
Seminar-trening davomida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Kiberxavfsizlik universitetidan kelgan mutaxassis-trenerlar tomonidan sun’iy intellektning ta'limda qo‘llanilishi, kiberxavfsizlik va o‘qituvchining mas’uliyati, mobil ilova yaratish asoslari bo‘yicha treninglar hamda amaliy mashg'ulotlar o‘tkazildi.
Seminar-trening davom etmoqda.