Xalqaro forum doirasida muhim tadbirlar boshlandi
Joriy yilning 5-6-oktyabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasida “Markaziy Osiyo pedagoglari - bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch” shiori ostida Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi o‘tkazilmoqda.
Unda Markaziy Osiyo davlatlari (O‘zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston) ta'lim vazirliklari, xususan Ozarbayjon va Turkiya davlatlari ta'lim tizimi xodimlari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.
Forum tadbirlar doirasida ishtirokchilar Chimboy tumanida bo‘lishdi. Tashrif davomida ular tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda qoraqalpoq xalqining boy milliy an’analari, milliy taomlari hamda hunarmandchiligi bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirda qoraqalpoq xalqining boy madaniy merosi va an’anaviy qadriyatlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Forum ishtirokchilari bundan keyin Taxtako‘pir tumanida joylashgan “Qara tereng” turistik markaziga kelishdi hamda bu erdagi qator madaniy-ma'rifiy tadbirlarda qatnashmoqda.
Xususan, etno turistik hududda yaratilgan sharoitlar, o‘tov qurilishi jarayonlari, chinakam cho‘l muhiti barchada birdek qiziqish uyg'otdi. Shuningdek, hududda tashkil etilgan qoraqalpoq milliy san’ati namunalari hamda etnografik badiiy chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Kunning ikkinchi yarmida pedagoglar uchun o‘quv seminar tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.