Qoraqalpog'istonda Para sporti tarixida yangi sahifa ochildi
351
Misrning Qohira shahrida sportning parapauerlifting turi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
27 davlatdan kelgan para sportchilar orasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 88 kg vazn toifasida qatnashgan sportchimiz Husniddin Usmonjanov 155, 160 va 165 kg vazndagi toshlarni ko‘tarib, umumiy hisobda 2-o‘rinni, eng og'ir toshni ko‘tarish bo‘yicha esa faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Murabbiy Islambek Ruzibaev boshchiligida parapauerlifting bo‘yicha Jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan kumush va bronza medallari parasportchilarimiz uchun tarixiy natijalardan biri bo‘ldi.