Bir guruh nuroniylar taqdirlandi
Nukus shahridagi so‘lim maskanlardan birida xalq xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilgan nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev, O‘zbekiston Nuroniylar jamg'armasi boshqarma boshlig'i Sodiqjon Turdiev ishtirok etdi.
Ta'kidlanganidek, yurtimizni yanada rivojlantirish, xalqimizning farovon hayotini ta'minlash, ko‘p millatli xalqimizning og'izbirchiligini saqlash, yoshlarimizni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda fidokorona xizmat qilayotgan nuroniylarning mehnatlari salmoqli hisoblanadi.
O‘tkazilgan tadbirda soha faxriylari, nuroniylarning shunday ezgu xizmatlari alohida tilga olindi.
Shuningdek, xalq xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilgan bir guruh nuroniylarga hurmatli Prezidentimizning maxsus qarori bilan tashkil etilgan "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni, Jo‘qorg'i Kengesning Prezidium qarori bilan «Ardaqlы nuranыy», «Ibratlы hayal» va «O‘atan pidayыsы» ko‘krak nishonlari topshirildi.
Tadbir san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi kontsert dasturi bilan davom etdi.