21 oktyabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
Qadrli do‘stlar!
Avvalo barchangizni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan bugungi 21 oktyabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.
Barchangizga ma'lumki, inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib, voyaga etkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mo‘’tabar bo‘lsa, uning o‘zligini va ma'naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli hisoblanadi.
21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilanishi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirishga qaratilgan farmon, qarorlar va qator hujjatlar qabul qilindi.
Ko‘p millatli xalqimizni yurtimiz kelajagi va gullab-yashnashi uchun degan ezgu maqsad yo‘lida birlashtirish, vatandoshlarimiz qalbiga yagona Vatan, umumiy farovon kelajak tuyg'usini singdirishda til birlashtiruvchi ahamiyatga ega.
Qadrli vatandoshlar!
Sizlarni yana bir bor 21 oktyabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sog'liq, oilalaringizga omonlik, yurtimizning yanada ravnaq topishi yo‘lidagi ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Amanbay Orыnbaev
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi