Germaniya davlatidan kelgan delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagining Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Hermann Ferber boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda dastlab Vazirlar Kengashining Raisi bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida Qoraqalpog‘istonning investitsion jozibadorligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish yo‘borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi.
Unda, shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari qo‘llab-quvvatlashidagi O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan munosabatlar, bu borada mintaqamizda ham amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonda agrar sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, fermer xo‘jaliklari va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni, organik mahsulotlar yetishtirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli loyihalar ustida hamkorlik qilish, Germaniyaning ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va hamkorlikni yanada kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida fikrlarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada kengaytirish borasida respublika rahbarlari doimo tayyorligi va har qanday taklif qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.


