25-oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari!
Tinchlik posbonlari bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami, "25-oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" bilan samimiy tabriklaymiz.
Soha xodimlarining jamoat tartibi va tinchligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida o‘z tinchligidan, kerak bo‘lsa jonidan kechib amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlarini xalqimiz yaxshi anglaydi va qadrlaydi.
Sizlarga, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan sadoqatingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Yana bir bor barchangizni bugungi bayram bilan tabriklab, mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, sharafli kasbingizda doimo muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Amanbay Orınbaev
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi