Qoraqalpog‘iston paxta topshirish rejasini bajardi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxtakorlari 2025 yil hosili uchun davlatga paxta topshirish bo‘yicha belgilangan rejani to‘liq bajarib, yuqori natijaga erishdi.
2025 yilgi paxta topshirish mavsumida respublika bo‘yicha 315 ming 200 tonna paxta topshirish rejalashtirilgan edi. Jonbozlik ko‘rsatib mehnat qilgan paxtakorlar bu ko‘rsatkichni 315 ming 345 tonna qilib topshirish orqali 100 foizga bajardi.
Bu yutuq Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermerlari, dehqonlari, klaster korxonalari jamoalari, suvchilar, mexanizatorlar hamda barcha qishloq va suv xo‘jaligi sohasi xodimlarining mehnatlari samarasidir.
Har qanday ob-havoda ham tunu kun mehnat qilib, paxta dalalarida jonbozlik ko‘rsatgan barcha paxtakorlar va soha xodimlari o‘zlarining mashaqqatli mehnatlari bilan ushbu ulkan natijaga hissa qo‘shdilar.
Albatta, to'plangan xirmon yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlashga, sanoatni yanada rivojlantirishga va yangi quvvatlarni ishga tushirishga xizmat qiladi.