Yangi savdo o'rni ish boshladi
Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlari asosida yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qulay sharoitlar yaratilib, bir qator imtiyozlar berilgan. Shu asosda bugungi kunda tadbirkorlar soni ortib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.
"GAWXAR STROY MARKET NUKUS" MCHJ tomonidan tashkil etilgan "BEREKET STROY" savdo o‘rni bugungi kunda xalqimizga ko‘p tarmoqli, keng assortimentda xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Umumiy 5 ta filialga ega savdo tarmog‘ida 100 ga yaqin yoshlar ish bilan ta’minlangan bo‘lib, bugungi kunda birgina "BEREKET SAWDA ORAYI" savdo majmuasining o‘zida 20 nafar yoshning bandligi ta’minlangan. Shuningdek, savdo majmuasi to‘liq quvvatda ishga tushgach, ish o‘rinlari soni 100 taga yetkazilishi kutilmoqda.



