Nukus shahrida yangi savdo majmuasi foydalanishga topshirildi
Bugun Nukus shahrida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi «Zor Market» savdo majmuasining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari - Investitsiya va tashqi savdo vaziri V.Jollibekov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hurmatli Prezidentimizning qaror va farmonlari asosida yaratilgan sharoitlar haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi va yig‘ilganlarni yangi savdo majmuasining ochilishi munosabati bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlar yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga, ularning sonini ko‘paytirishga, mintaqamizning investitsion jozibadorligini oshirishga, asosiysi, yangidan-yangi ish o‘rinlarini yaratishga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
«Paint Spring» MCHJ tomonidan umumiy 25 mlrd, shundan 10 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari asosida yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan savdo majmuasida bugungi kunda 80 ish o‘rni yaratilgan.
Albatta, yangi ochilayotgan bunday savdo ьфклфядфкш, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlab, xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qiladi.





