Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Fransiya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Fransiya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Fransiya davlati va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik natijasida bir qator keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi va shu asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi so‘nggi yillarda respublikamizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, investitsion jozibadorlikni oshirish borasidagi va fuqarolarning turmush farovonligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida keng turda ma’lumot berdi.
Elchi tomonidan Fransiya davlati Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyati, turizm salohiyati, mintaqadagi ekologik vaziyat bilan tanish ekanligini, shuningdek, Nukus shahrida o‘tkazilayotgan Fransiya madaniyati oyligi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini bildirdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda Fransiya davlati va Qoraqalpog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlash, savdo, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim, madaniyat, turizm sohalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan respublikamizdagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va xorijiy hamkorlarni keng jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirib o‘tildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev hurmatli mehmonning respublikamizga bo‘lgan tashrifidan minnatdor ekanligini bildirib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda har qanday yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini, buning uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilishini aytib o‘tdi.


