Jo‘qorg‘i Kenges Raisining tadbirkorlar uchun qabuli bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 7-noyabr kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining tadbirkorlar uchun tashkil etilgan murojaat botiga kelib tushgan muammolarga ijobiy yechim topish maqsadida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Orinbaevning qabuli o‘tkazildi.
Unda dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, investitsion jozibadorlikni oshirish bo‘yicha alohida qabul qilingan farmon va qarorlari asosida yaratilgan imkoniyatlar keng turda ta’kidlab o‘tildi.
Bundan so‘ng tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, joyida yechimini topish choralari ko‘rildi.
Qabulda asosan tadbirkorlikni rivojlantirish borasida duch kelayotgan muammolar, moliyalashtirish va kredit ajratish masalalari, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, yer maydonlarini ajratish, byurokratik to‘siqlar, ishlab chiqarishni kengaytirish borasida murojaatlar bildirildi.
Bildirilgan masalalarning aksariyatiga joyida yechim topish choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, vaqt talab etiladigan murojaatlar Jo‘qorg‘i Kenges Raisining shaxsiy nazoratiga olinib, tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.



