Qoraqalpog'iston Respublikasi Bo'zatov tumanini tashkil etish to'g'risi
10564
Joriy yilning 4 sentyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining XXVII sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada Qoraqalpog'iston Respublikasining Bo'zatov tumanini tashkil etish to'g'risida Jo'qorg'i Kengesning maxsus qarori qabul qilindi. Quyida qaror matni bilan to'liq tanishishingiz mumkin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Bo'zatov tumanini tashkil etish to'g'risi
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining
Q A R O R I
Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tumanining “Bo'zatov” shaharcha fuqarolar yig'ini, “Erkindarya”, “Qusqanatov”, “Aspantay” ovul fuqarolar yig'inlari hamda Chimboy tumani “Ko'k-suv” ovul fuqarolar yig'inining murojaatlari, xalq deputatlari Kegeyli hamda Chimboy tuman Kengashlarining qarorlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli fuqarolar yig'inlari hududlarini birlashtirib Bo'zatov tumanini tuzish to'g'risida berilgan taklifini inobatga olib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining 67 moddasi, “Qoraqalpog'iston Respublikasida ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to'g'risida”gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining 1-moddasi, “Geografik ob’ektlarning nomlari to'g'risida”gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining 7-moddasi hamda “Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Reglamenti to'g'risida”gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining 49-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i KengesiQ A R O R Q I L A D I :
- Qoraqalpog'iston Respublikasining tarkibida Bo'zatov tumanini tuzish to'g'risidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifi maqullanib, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qarorlari bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Bo'zatov tumanini tuzishga rozilik berilganligi hisobga olinsin.
- Qoraqalpog'iston Respublikasining Kegeyli tumani tarkibidagi “Bo'zatov” shaharcha fuqarolar yig'ini, “Qusqanatov”, “Erkindarya”, “Aspantay” ovul fuqarolar yig'inlari hamda Chimboy tumani tarkibidagi “Ko'k-suv” ovul fuqarolar yig'ini hududlari birlashtirilib, umumiy maydoni 2035,44 kv. km. bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Bo'zatov tumani tuzilsin.
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Bo'zatov tumanining ma'muriy markazi etib “Bo'zatov” shaharcha fuqarolar yig'ini belgilansin.
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli, Chimboy va Bo'zatov tumanlarining chegaralari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan taqdim etilgan chizmaga muvofiq tasdiqlansin (ilova qilinadi).
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga:
- Kegeyli tumani tarkibidagi “Bo'zatov” shaharcha fuqarolar yig'ini, “Qusqanatov”, “Erkindarya”, “Aspantay” ovul fuqarolar yig'inlari hamda Chimboy tumani tarkibidagi “Ko'k-suv” ovul fuqarolar yig'ini hududlarida joylashgan saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Kegeyli va Chimboy tuman Kengashlarining deputatlari – xalq deputatlari Bo'zatov tuman Kengashining deputatlari bo'lib hisoblanishi belgilansin.
- Xalq deputatlari Kegeyli, Chimboy va Bo'zatov tuman Kengashlariga saylov okruglarini tuzish va deputatlar saylovini o'tkazish choralarini ko'rish topshirilsin.
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining “Qoraqalpog'iston Respublikasining Bo'zatov tumanini tarqatish to'g'risida”gi 2004 yil 26 fevral kungi 561-sonli qarori o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
- Qarorning ijrosini ta'minlash Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining o'rinbosari A.Xamraev zimmasiga yuklatilsin.