Tibbiyot xodimlari kuni bayrami keng turda nishonlandi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida "Tibbiyot xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, soha fidoyilarini bugungi bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan sohaga oid qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Zamonaviy tibbiyot muassasalari barpo etildi, sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, eng chekka hududlardagi tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, bu borada soha xodimlari uchun Qoraqalpog‘istonda ko‘plab imkoniyatlar yaratilib, xalqimiz salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqilmoqda.
O‘tkazilgan bayram tantanasida sohada fidoyilik bilan samarali mehnat qilayotgan tibbiyot sohasi xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori bilan taqdirlandi.
Bayram tantanasi san’at va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.









