Davlat mukofotlari topshirildi
Bugun hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, mamlakatimiz tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda Nukus shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev, Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, bir guruh soha vakillari videoaloqa orqali ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida, hurmatli Prezidentimizning "Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlarining bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni bilan taqdirlangan va uchrashuvga Qoraqalpog‘istondan ishtirok etayotgan bir qator soha vakillariga Jo‘qorg‘i Kenges Raisi davlat mukofotlarini topshirdi.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda tizimdagi islohotlar natijadorligi va kelgusi yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.




