Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 1-dekabr - Qoraqalpog‘iston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni qabul qilinganining 36-yilligi munosabati bilan bayram tantanasi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, ona tili - bu muloqot vositasi bo‘lishi bilan birga, bir necha asrlar davomida o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmasdan, biz avlodlarga yetib kelgan bebaho xazinadir. Har bir xalqning o‘ziga xos xususiyatini, har bir yurtning taraqqiyot bosqichlari va istiqbolini belgilashda ona tilining tutgan o‘rni alohida sanaladi. Shu bois, har bir o‘sib kelayotgan avlod ona tilini asrab-avaylashi, uning kelgusi avlodga bezavol yetib borishini ta’minlashi kerak.
So‘nggi yillarda yurtimizda ona tilimizni asrab-avaylashga, uni yanada boyitishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Albatta, bularning barchasi ona tilimizga bo‘lgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi ifodasidir.
O‘tkazilgan bayram tantanasida ona tilimizga hurmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar keng turda so‘z etildi.
Bayram tadbiri san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.








