8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi K.Tarixov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari E.Qayipbergenov, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlandi.
Shundan so‘ng Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizning jahon siyosiy maydonida mustaqil davlat sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, taraqqiyot yo‘lini belgilab, yildan-yilga nufuzi ortib borishi, shuningdek, aholi farovonligini ta’minlashda - bosh qomusimizning o‘rni va ahamiyati yuqori. Unda belgilangan asosiy tamoyillar, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi roli alohida.
Bayramga bag‘ishlangan tadbirlar joylarda keng turda davom ettirilmoqda.





