50 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari hisobidan o‘simliklarni moslashtirish maqsadida issiqxona tashkil etildi
Birlashgan Arab Amirliklarining sho‘rlangan yerlarda biodehqonchilikni rivojlantirish markazi (ICBA) tomonidan Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markaziga in vitro usulida yetishtiriladigan o‘simliklarni iqlimlashtirishni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan maxsus laboratoriya uskunalari olib kelindi.
Nukus tumanida 50 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari hisobidan in vitro sharoitidagi ko‘paytirilgan o‘simliklarni moslashtirish maqsadida issiqxona tashkil etildi.
Loyihaning amalga oshirilishi mahalliy qishloq xo‘jaligi imkoniyatlarini mustahkamlaydi, xususan, ekinlarni ko‘paytirish samaradorligi oshadi, ekish materialini moslashtirish jarayonlari tezlashadi va agrar sohaga zamonaviy biotexnologik usullarni joriy etish uchun sharoitlar kengaytiriladi.


