"Qora uy" YUNESKOning nomoddiy madaniy merosining REPREZENTATIV ro‘yxatiga kiritildi
Hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan tashrifida berilgan topshiriqlari doirasida qoraqalpoq xalqining asrlar osha yetib kelgan noyob madaniy merosini asrash, uni yangi bosqichga olib chiqish hamda jahon miqyosida keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilib, topshiriqlar berilgan edi.
Mazkur vazifalarni keng tatbiq etish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva rahbarligida yo‘lga qo‘yilgan tizimli va amaliy ishlar bugun o‘zining ijobiy natiyjasini
ko‘rsatdi.
Xalqimizning bunyodkorlik madaniyati, uy-joy qurilishi va me’morchilik bilimlarini o‘zida mujassam etgan "Qora uy" YUNESKOning nomoddiy madaniy merosining REPREZENTATIV ro‘yxatiga kiritildi.
Joriy yilning 8-13 dekabr kunlari Hindiston davlatining Nyu-Dehli shahrida UNESKOning nomoddiy madaniy meros bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 20-sessiyasi o‘tkazilmoqda.
Ushbu sessiya ko‘p millatli Qoraqalpog‘iston xalqi uchun muhim voqealarga boy tarzda o‘tkazilmoqda.
Sessiya ishi doirasida dastlab, "Qo‘biz yasash va ijrochilik san’ati" YUNESKOning nomoddiy madaniy merosini zudlik bilan muhofaza qilish ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, bundan so‘ng "Qirg‘iz, Qozoq va Qoraqalpoq o‘tovlarini barpo etishga oid an’anaviy bilim va ko‘nikmalar" YUNESKOning nomoddiy madaniy merosining REPREZENTATIV ro‘yxatiga kiritildi.
Ta’kidlash joizki, "Qora uy" - qoraqalpoq xalqining bunyodkorlik madaniyati, uy-joy qurilishi va me’morchilik bilimlari jamlangan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy merosidir. Qora uy 6,8,12 qanotli bo‘lib, boshqa xalqlar o‘tovlaridan ajralib turadi.
Albatta, YUNESKO sessiyasi davomida "Qo‘biz yasash va ijrochilik san’ati" hamda qoraqalpoq xalqining "Qora uy"i YUNESKOning nomoddiy madaniy merosining REPREZENTATIV ro‘yxatiga kiritilgani xalqimizning ko‘nglini cheksiz quvonchga to‘ldirmoqda.




