Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
94
O‘tkazilgan uchrashuvda Nukus shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev, Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, bir guruh soha vakillari videoaloqa orqali ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida, hurmatli Prezidentimizning " Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni bilan taqdirlangan va uchrashuvga Qoraqalpog‘istondan ishtirok etayotgan bir qator soha vakillariga Jo‘qorg‘i Kenges Raisi davlat mukofotlarini topshirdi.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda sohadagi islohotlar natijadorligi va kelgusi yil uchun amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.





