Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev «Aral» futbol jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

Unda dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi hurmatli Prezidentimiz rahbarligida sport sohasini, shu jumladan futbolni rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtalib o‘tdi va muhim o‘yin oldidan jamoa a’zolariga omad tiladi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Pro Ligada o‘ynayotgan «Аrаl» futbol jamoasi oldida muhim o‘yin kutmoqda. Ya’ni, 16 dekabr kuni Superligada o‘ynash yo‘llanmasi uchun Buxoro viloyatining «Buxoro» jamoasi bilan o‘yin o‘tkaziladi.
Albatta, Pro Liganing ushbu o‘yinida futbol muxlislari jamoamizdan yuqori natijalar kutib qoladi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, «Аrаl» futbol jamoasi mazkur o‘yinda g‘alaba qozonsa, 24 yillik tanaffusdan so‘ng uzoq kutilgan Superligada o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
