Qoraqalpog‘istonda Hindistonning ERA universiteti filialini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi

Yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov, Madaniyat vaziri B.Temirbayev va O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi konsuli B.Asqarovlar Hindistonning Uttar-Pradesh shtatining Laknau shahriga amaliy tashrif bilan borib, "ERA University" rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda universitetning ta’lim, ilmiy va infratuzilma salohiyati taqdim etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, yaqin munosabatlarni o‘rnatish borasida Qoraqalpog‘istonda ERA universitetining filialini ochish masalasi ko‘rib chiqilib, ushbu loyihani amalga oshirish yo‘nalishida universitet delegatsiyasining respublikamizga amaliy tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida tibbiyot, farmatsevtika va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari, yaqin munosabatlarni o‘rnatish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
.jpg)