"Esimózek" mahallasida 200 kv quyosh paneli o‘rnatilmoqda
88

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli qarorida belgilangan vazifalar, jumladan, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va mahallalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish maqsadida, Qorao‘zak tumani "Esimózek" mahallasida umumiy quvvati 200 kv bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirish natijasida, "Esimózek" mahallasida kam ta’minlangan oilalar va ishsiz fuqarolarning daromad manbalari kengayib, ularning bandligi ta’minlanadi.